Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda prokuror yordamchisi 15 ming dollar bilan ushlandi
DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi o‘tkazgan tezkor tadbirda Uchtepa tumani prokurori yordamchisi bo‘lgan mansabdor shaxs 15 ming AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangani xabar qilindi.
Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi 2025 yil sentabr oyiga qadar Shayxontohur tumani prokurori yordamchisi lavozimida ishlagan. U yakka tartibdagi tadbirkorga Shayxontohur tumanida joylashgan ikki uyning yerto‘la qismidagi noturar maydonlarni ijaraga olib berganini ro‘kach qilib, 15 ming dollar talab qilgani aytilmoqda.
Tezkor tadbir chog‘ida u pul mablag‘ini o‘ziga tegishli avtomashinada olgan va hodisa joyidan qochishga uringan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumonlanuvchiga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.
DXX fuqarolarni bunday qonunbuzilishi holatlariga duch kelganda 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishga chaqirgan. Shaxs ma’lumotlari sir saqlanishi qayd etilgan.
Mavzuga oid
10:20
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
11:08 / 01.07.2026
“Bolalar muntazam qiynab kelingan” – Toshkentdagi xususiy bog‘chada tarbiyachi yig‘layotgan bola og‘ziga latta tiqdi
08:59 / 01.07.2026
Sog‘liqni saqlash vaziri korrupsiyaga qarshi murojaat bilan chiqdi
08:40 / 01.07.2026