Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“17 ming dollarga Isroilga yuboraman”: Samarqandda gumonlanuvchi ushlandi
Samarqand shahrida fuqaroni 17 ming AQSh dollari evaziga Isroilga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs oldindan 7 ming dollar bo‘nak olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Foto: Prokuratura Departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand shahri bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.K. qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, u fuqaro F.K.ning ishonchiga kirib, uni 17 000 AQSh dollari evaziga Isroil davlatiga ishga joylashtirishni va’da qilgan.
Kelishilgan mablag‘ning 7 000 AQSh dollarini oldindan bo‘nak sifatida olgan vaqtida gumonlanuvchi ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 va 168-moddalari (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:17
Eron Qatar va Bahrayndagi AQSh harbiy bazalariga zarba berdi
14:49
Eronga qarshi AQSh-Isroil operatsiyasi, Kubaga ko‘z tikkan Tramp va Boliviyada sochilgan pullar – kun dayjesti
14:48
Eron “birinchi to‘lqin” haqida e’lon qildi: Isroilga raketalar uchirildi
13:55