Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina dronlari hujumidan keyin Krasnodar o‘lkasida NQZ yonib ketdi
Krasnodar o‘lkasi operativ shtabi xabar berishicha, Kanevskoy tumanidagi Novominskaya stanitsasida uchuvchisiz qurilmaning parchalari tushganidan keyin neftni qayta ishlash zavodida yong‘in sodir bo‘lgan. Jabrlanganlar yo‘q.
Ukraina uchuvchisiz apparatlari 28 fevral, shanbaga o‘tar kechasi Krasnodar o‘lkasidagi neftni qayta ishlash zavodi (NQZ)ga hujum qildi. Bu haqda hududning operativ shtabi Telegram’da xabar berdi.
Gap Kanevskoy tumani Novominskaya stanitsasida joylashgan “Albashneft” NQZ haqida ketmoqda. Krasnodar o‘lkasi operativ shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, u yerda “dron parchalari tushishi ortidan yong‘in kelib chiqqan”. Mahalliy hokimiyatning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan.
Zavod hududida — olov korxonaning rezervuarlaridan birini qamrab olgan joyda — favqulodda xizmatlar ish olib bormoqda.
15 fevral kuni ukrain dronlari Krasnodar o‘lkasidagi “Tamanneftegaz” neft terminali infratuzilmasiga takroran zarba bergan. Hujumdan keyin obekt hududida neft mahsulotlari saqlanayotgan rezervuar yongan. Ushbu neft terminaliga dronlar tomonidan oldingi hujum 2026 yil 22 yanvarda sodir bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026