Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron prezidenti urush boshlanganidan buyon ilk bor millatga murojaat qildi
“Dushmanlarimizning bazalari va imkoniyatlarini yo‘q qilgan holda ularni umidsizlikka tushiramiz. Dushmanlarimiz rejalari qarshisida birlashishimiz kerak”, dedi u.
Foto: WANA / Reuters
“Muvaqqat kengash o‘z ishini boshladi va qat’iyat bilan aziz imomimiz Xominaiy yo‘lidan borishda davom etadi”, dedi Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon mamlakat teleradiokompaniyasi orqali millatga qilgan murojaatida.
U shuningdek, Eron bu tajovuzlarni javobsiz qoldirmasligini aytdi.
“Dushmanlarimizning bazalari va imkoniyatlarini yo‘q qilgan holda ularni umidsizlikka tushiramiz. Dushmanlarimiz rejalari qarshisida birlashishimiz kerak”, dedi u.
Avvalroq Pizishkiyonning telegram-kanalida uning bayonoti e’lon qilingandi.
"Eron Islom Respublikasining oliy siyosiy yetakchisi va shia olami yetuk rahbarining o‘ldirilishi yovuz amerika-sionist ittifoqining musulmonlarga, ayniqsa, butun dunyodagi shialarga nisbatan ochiqchasiga urush e’lon qilishi hisoblanadi", - deyilgandi bayonotda.
28 fevral kuni Isroil va AQSh Eronga zarbalar berganidan so‘ng Reuters bilan suhbatlashgan isroillik rasmiy zarbalar chog‘ida Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xominaiy va prezident Mas’ud Pizishkiyon nishonga olinganini aytgandi.
Mavzuga oid
07:31 / 04.05.2026
Tramp Eronning yangi tinchlik takliflarini rad etdi
21:13 / 03.05.2026
Yaqin Sharqdagi urush NATO mamlakatlari Rossiya bilan urushga tayyor emasligini ko‘rsatdi
17:31 / 03.05.2026
“AQSh-Eron: Tramp imkoniyat oynasini ochiq qoldiryapti” - siyosatshunos
13:10 / 03.05.2026