Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV Yaqin Sharqda bo‘lib turganlar uchun tavsiyalar e’lon qildi
Tashqi ishlar vazirligi Eronda jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini ma’lum qildi. Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani sababli O‘zbekiston vazirlik mintaqadagi fuqarolar uchun tavsiyalarni, shuningdek, diplomatik vakolatxonalar bilan bog‘lanish uchun tezkor aloqa raqamlarini e’lon qildi.
Foto: O‘zbekiston TIV
Eronda jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q, deya xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi.
Tehrondagi diplomatik vakolatxonaga ko‘ra, hozirda Eronda jami 81 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib turibdi. Shulardan:
- 8 nafari – diplomatik vakolatxonalar xodimlari;
- 9 nafari – Qum shahrida tahsil olayotgan talabalar;
- 55 nafari – Eron hududida doimiy yashovchi fuqarolar;
- 9 nafari – xususiy safar bilan borganlar.
Elchixona vatandoshlar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi va ular bilan muntazam muloqotni ta’minlamoqda, deyiladi xabarda.
Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashgani munosabati bilan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi ushbu hududlarda bo‘lib turgan yoki safar qilishni rejalashtirayotgan fuqarolarga tavsiyanoma e’lon qildi.
Unda rasmiy axborot manbalarini kuzatib borish, diplomatik vakolatxonalar bilan aloqada bo‘lib turish, mahalliy qoidalarga rioya etish, hujjatlarni ishonchli joyda saqlash va aloqa vositalari doimo ishlab turishiga e’tibor qaratish so‘ralgan.

TIV, shuningdek, O‘zbekistonning mintaqadagi xorijiy vakolatxonalarining tezkor aloqa va «ishonch telefonlari» raqamlarini keltirib o‘tdi:
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik xizmati departamenti:
+998 97 136 51 51
Koll-markaz: 1164
O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi (Tehron sh.)
+98 912 132 78 23
Mas’ul shaxs: Yo‘ldoshev Elbek
O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi
+974 5141 1001 — Konsul: Otabek Muratov
+974 3352 0001 — Elchi maslahatchisi: Shuhrat Teshboyev
O‘zbekistonning BAAdagi elchixonasi
+971 54 212 18 53 — Jahongir Xaitov
O‘zbekistonning Dubay shahridagi Bosh konsulxonasi (BAA)
+971 55 986 90 40
Konsul: Bobonazarov Jahonboy Habibullo o‘g‘li
+971 55 956 41 10
Konsul: Odilov Azizbek Alisher o‘g‘li
O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi
Telefon: +966 11 263 52 23
Konsul: Azimjon Qobiljonov — +966 56 721 77 31 (Telegram / WhatsApp)
O‘zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi (Saudiya Arabistoni)
Telefon: +966 12 607 72 50
Konsul: Shuhrat Ibragimov — +966 59 439 08 50 (Telegram / WhatsApp)
O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasi
Telefon: +965 2539 6515
Maslahatchi: Ergashev Iqboljon Odiljonovich — +965 9713 0270
Konsul: Toirov Islomxon Mahmudxon o‘g‘li — +965 9942 7517
O‘zbekistonning O‘mondagi elchixonasi
+968 7159 5715
Konsul: Otabekjonov Ramzbek Otabek o‘g‘li
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi
Konsul: Abdullayev Shuhrat Anvarovich — +972 54 485 13 97