Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronni vaqtincha boshqaruvchi uchlik tarkibi aniq bo‘ldi
Eron Fiqh kengashi a’zosi Alirizo A’rofiy amaldagi prezident Mas’ud Pizishkiyon va Oliy sud raisi G‘ulom-Husayn Muhsiniy bilan birga Muvaqqat kengash a’zosi bo‘ladi.
Eron Fiqh kengashi a’zosi, diniy ulamo Alirizo A’rofiy mamlakatni vaqtincha boshqaruvchi Muvaqqat kengashga uchinchi a’zo sifatida tayinlandi. Ushbu organ yangi oliy rahbar saylanguniga qadar, Eron oliy rahbari vazifalarini bajarishga mas’ul bo‘lgan tuzilmadir.
A’rofiy vaqtinchalik rahbarlik kengashida – amaldagi prezident Mas’ud Pizishkiyon va bosh qozi G‘ulom-Husayn Muhsiniy bilan birgalikda faoliyat olib boradi.
Al Jazeera'ning yozishicha, 67 yoshli ruhoniyning ushbu kengashdagi a’zoligi nufuzli hakamlik organi — Manfaatlar kengashi tomonidan tasdiqlangan.
67 yoshli Alirizo A’rafiy – taniqli shia diniy arbobi bo‘lib, bir vaqtning o‘zida Posbonlar kengashi a’zosi hamda Ekspertlar assambleyasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan, shuningdek, Eron diniy ta’lim muassasalari tizimini boshqargan. U Ali Xominaiyning ishonchli kishilaridan biri bo‘lgan.
Shu bilan birga, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga ham yangi bosh qo‘mondon tayinlanishi kutilmoqda. Shanba kungi hujumlar oqibatida ushbu tuzilma rahbari Muhammad Pokpur ham o‘ldirilgan. Ayrim manbalar bu lavozim uchun Ahmad Vohidiyni eng ehtimoliy nomzod sifatida ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
09:59
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:13 / 09.06.2026
«Bibi, ehtiyot bo‘l, aks holda mutlaqo yolg‘iz qolasan» – Trampning chaqiriqlardan keyin Isroil va Eron to‘xtadi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
10:45 / 08.06.2026