Jahon | 12:29
12638
7 daqiqa o‘qiladi

Urushning birinchi kuni. Eron va Isroildan suratlar

AQSh va Isroil Tehron va Eronning boshqa shaharlarini bombaladi. Eron bunga javoban Isroil, Qatar, Bahrayn va BAAga hujum qildi.

AQSh va Isroil 28 fevral kuni ertalab Eronga qarshi harbiy amaliyot boshladi. Mamlakatdagi ko‘plab obektlarga, jumladan, oliy rahnamo oyatulloh Ali Xominaiyning Tehrondagi qarorgohiga raketa va bombalar orqali zarbalar berildi. Shuningdek, Keroj (Tehronning yadroviy va harbiy sanoatning muhim markazi bo‘lgan hudud), Isfaxon, Kirmonshoh, Tabriz va boshqa yirik shaharlarda zarbalar qayd etilgan.

Nafaqat harbiy obektlar, balki Eronning harbiy va siyosiy rahbarlari, jumladan, Ali Xominaiy, prezident Mas’ud Pizishkiyon va Islom inqilobi muhofizlari korpusi qo‘mondonlari Amerika va Isroil zarbalarining asosiy nishonlari sifatida belgilab olingan.

Dastlabki zarbalardan keyin AQSh prezidenti Donald Tramp videomurojaat qilib, Eron kuchlarini qurollarni tashlashga chorladi va aks holda ularni muqarrar o‘lim kutishidan ogohlantirdi. U Eron xalqiga ham murojaat qilib, hujumlar tugagunicha boshpanalarda qolishga, keyin esa «hokimiyatni qo‘lga olish»ga chaqirdi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Isroil harakatlarining asosiy maqsadi – Eronda yadroviy qurol paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik ekanini aytdi va bu amaliyot yakunida «mard Eron xalqi o‘z taqdirining egasi bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratilishi»ni ma’lum qildi.

Eron hukumati «vayronkor» javob qaytarish bilan tahdid qildi – va Isroil hududi bo‘ylab zarbalar yo‘lladi (mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi), ko‘p o‘tmay AQShning mintaqadagi harbiy bazalari ham o‘qqa tutildi. Quyida 28 fevral kuni Tehronda va Isroil hududlarida olingan fotosuratlar keltiriladi.

Tabriz, Eron g‘arbidagi shahar
t.me/israelsecurity
28 fevral kungi portlashlardan keyin Tehron uzra ko‘tarilgan tutun
Atta Kenare / AFP / Scanpix / LETA
Airbus kompaniyasi Eron oliy rahbari Ali Xominaiyning Tehrondagi qarorgohi joylashgan hududning AQSh va Isroil raketa zarbalaridan keyingi ko‘rinishi aks etgan tasvirlarni e’lon qildi. Fotoda qora tutun ustuni va jiddiy vayrongarchilikni ko‘rish mumkin. Xominaiy shu hududda doimiy yashagan va yuqori martabali mehmonlarni qabul qilgan. U shu kungi zarbalar oqibatida halok bo‘ldi.
Tehronning Narmak tumani — bu yerda Eron sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajot yashagan. U portlash vaqtida qayerda bo‘lgani noma’lum.
Amir Kholousi / ISNA / AFP / Scanpix / LETA
Narmak tumani hududidan yana bir kadr.
Amir Kholousi / ISNA / WANA / Scanpix / LETA
Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan videodan kadr. Unda Tehronda yashovchi kishi portlash oqibatlariga qarab turgani aks etgan
AFP / Scanpix / LETA
Tehronda boshpanaga chopayotgan ayol
Majid Asgaripour / WANA (West Asia News Agency) / Reuters / Scanpix / LETA
Tehrondagi tirbandlik
Majid Asgaripour / WANA (West Asia News Agency) / Reuters / Scanpix / LETA
Tehronda yashovchi kishi portlash oqibatlarini tomosha qilmoqda
AP / Scanpix / LETA
t.me/israelsecurity
Tasnim News Agency / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
t.me/israelsecurity
Shahar bo‘ylab zarba oqibatlari aks etgan videodan kadr
AFP / Scanpix / LETA
Shahar bo‘ylab zarba oqibatlari aks etgan videodan kadr
AFP / Scanpix / LETA
28 fevral tongida Tehronda yoqilg‘i quyish uchun navbat
Majid Asgaripour / WANA (West Asia News Agency) / Reuters / Scanpix / LETA
Tehron ko‘chalaridagi tirbandlik
Sohrab / MEI / SIPA / Scanpix / LETA
Tehron do‘konlaridagi navbatlar
Atta Kenare / AFP / Scanpix / LETA
Tehronni tark etishga urinayotgan eronliklar
Atta Kenare / AFP / Scanpix / LETA
Tehronning ko‘rinishi
Tasnim News Agency / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Isroil

Eronga berilgan zarbalar bilan bir vaqtda Isroil Livan janubidagi «Hizbulloh» harakati pozitsiyalariga bir nechta zarbalar berdi. «Hizbulloh» Eronning eng yaqin ittifoqchisi bo‘lib, u Isroilga hujum qilishga urinishidan xavotirlar bor edi. Eronning yana bir proksi guruhi – Yamandagi husiychilari esa Isroilni o‘qqa tutishni va Qizil dengizda kemalar qatnovini bloklay boshlashini e’lon qilgan.

Isroilda favqulodda holat e’lon qilingan, maktablar, bolalar bog‘chalari, davlat muassasalari yopildi, ko‘ngilochar tadbirlar bekor qilindi. Isroil mudofaa kuchlari zaxiradagi 70 ming askar safarbar qilinganini e’lon qildi.

Eronga hujum boshlanganidan taxminan uch soat o‘tgach, Tehron javob harakatlarini amalga oshirdi. Raketalar Isroilga, shuningdek, Kuvayt, Qatar, Bahrayn va BAAdagi Amerika harbiy bazalariga uchirilgan. AQShning mintaqadagi ittifoqchilari ham Eron zarbalariga uchradi – Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda ham havo trevogasi faollashtirildi, holbuki qirollik avvalroq AQShga o‘z havo hududidan Eronga hujum qilish uchun foydalanishga ruxsat bermasligini ma’lum qilgandi.

Eronning Isroil bo‘ylab raketa zarbasi. Xayfa, 2026 yil 28 fevral
Rami Shlush / Reuters / Scanpix / LETA
Quddus. 2026 yil 28 fevral
Ahmad Gharabli / AFP / Scanpix / LETA
Boshpanadagi isroilliklar. Xayfa, 2026 yil 28 fevral
Rami Shlush / Reuters / Scanpix / LETA
Amr Alfiky / Reuters / Scanpix / LETA
Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA
Bahrayn poytaxti Manama. 2026 yil 28 fevral
Reuters / Scanpix / LETA
Bahrayn poytaxti Manamadagi ko‘p qavatli binoda Eron droni zarbasidan keyin chiqqan yong‘in. 2026 yil 28 fevral
Hamad I Mohammed / Reuters / Scanpix / LETA
Dubayda Eron raketasi tushgan joy. 2026 yil 28 fevral
Altaf Qadri / AP / Scanpix / LETA

Eron va Isroil, shuningdek, Fors ko‘rfazidagi qator mamlakatlar o‘z havo kengliklarini yopishgan.

Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid