Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
Ish haftasi davomida joylarda yomg‘ir, qor yog‘adi, tog‘li hududlarda kuchli bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechalari +3…+8, shimolda −3…+2, kunduz kunlari +7…+15 daraja atrofida bo‘ladi.
Ish haftasi davomida O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Shimoliy hududlarda faqat 3–4 mart kunlari yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Havo harorati kechalari +3…+8 daraja, respublika shimolida –3…+2 daraja, kunduz kunlari +10…+15 daraja atrofida bo‘ladi. Hafta o‘rtasida esa harorat qisqa muddatga +7…+10 darajagacha pasayadi. Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi.
2–6 mart kunlari O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin, respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.
Dushanba va seshanba kunlari kunduzi harorat +11…+13 daraja bo‘ladi. Keyinchalik harorat asosan kechalari +4…+7 daraja bo‘ladi, kunduz kunlari +8…+10 darajagacha pasayadi.
Mavzuga oid
12:04 / 27.02.2026
Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
10:16 / 26.02.2026
Toshkentda yog‘ingarchilik va kuchli shamol kutilmoqda: fuqarolarga xavfsizlik choralari eslatildi
09:55 / 25.02.2026
Tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi
11:11 / 23.02.2026