Jahon | 19:31
10409
2 daqiqa o‘qiladi

«Men uni oldinroq qo‘lga tushirdim». Tramp Xominaiyning o‘ldirilishi haqida

U Eron rahbariyati tomonidan o‘ziga ikki bor suiqasd uyushtirilgani haqida gapirdi.

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron hukumati ikki marta uni o‘ldirishga harakat qilgani, ammo u islom respublikasi oliy rahbari Ali Xominaiyni birinchi bo‘lib yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lganini aytdi.

«U meni qo‘lga tushirishidan oldin men uni qo‘lga tushirdim. Ular ikki marta harakat qilishdi. Ammo men ildamroq chiqdim», – degan Tramp ABC News jurnalisti bilan suhbatda.

U Eronga qilingan hujum «shunchalik muvaffaqiyatli bo‘lganidan, mamlakat oliy rahbari lavozimiga nomzodlarning aksariyati yo‘q qilingani»ni ham qo‘shimcha qilgan.

2024 yil noyabrida AQSh adliya vazirligi Federal qidiruv byurosi Trampga Islom inqilobi muhofizlari korpusi tomonidan uyushtirilgan suiqasdning oldi olinganini ma’lum qilgandi. Korpus a’zosi, 51 yoshli Farhod Shokiriyga ushbu suiqasd tashkilotchiligi bo‘yicha sirtdan ayblov e’lon qilingan. AQShda uning ikki sherigi ushlangan – 49 yoshli Karlayl Rivera va 36 yoshli Jonaton Loadholt.

Eron oliy rahbari Ali Xominaiy 28 fevral kuni AQSh va Isroil qurolli kuchlarining qo‘shma amaliyoti natijasida o‘ldirildi. Isroil aviatsiyasi Xominaiyning mamlakat harbiy rahbariyati vakillari bilan uchrashuvi o‘tayotgan binoni bombardimon qilgan. Xominaiy Eronni 1989 yildan buyon boshqarib kelayotgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid