Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netanyahu ofisiga Eron tomonidan zarba berilgani rad etildi
Eron qo‘shinlari Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu ofisiga zarba berganini da’vo qildi. Isroil tomoni buni rad etdi.
Eron qo‘shinlari Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu ofisiga zarba berdi, dedi Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) vakillari. U yerda, shuningdek, Isroil harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni zarba ostida qolgani da’vo qilinmoqda.
«Sionistik rejim bosh vazirining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda», deyiladi Eronning Tasnim nashri xabarida. Ma’lumotlarga ko‘ra, zarba paytida o‘rta masofaga mo‘ljallangan Kheiber ballistik raketalari qo‘llangan.
Isroil mudofaa kuchlari Eron harbiylarining Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu ofisiga zarba bergani haqidagi da’volarini rad etdi.
«IIQK haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan relizlarni chiqarish va o‘z tasavvurlari mevalarini tarqatish uchun ommaviy axborot vositalari vakillaridan surbetlarcha foydalanish qobiliyati bilan mashhur», dedi TSAHAL vakili RTVI nashriga.
Isroil mudofaa kuchlari vakili Eron tomonidan navbatdagi raketa uchirilishi qayd etilganini, biroq shu paytgacha «jabrlanganlar yoki zarar ko‘rganlar haqida xabar berilmaganini» ta’kidladi.
Mavzuga oid
08:49
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
15:35 / 17.06.2026
OAVda Eron va AQSh o‘rtasidagi kelishuv loyihasi matni e’lon qilindi
13:33 / 17.06.2026