O‘zbekiston | 15:02
786
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish dasturlari tasdiqlandi

Prezidentning “Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kelgusi yillar uchun mo‘ljallangan dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, hudud iqtisodiyoti o‘sishi, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish hamda 2030 yilgacha eksport va investitsiya loyihalarini kengaytirish bo‘yicha asosiy maqsadlar belgilandi.

Foto: Getty Images / Gijs de Kort

Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘istonni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida qator ko‘rsatkichlarga erishish vazifasi qo‘yildi.

2026 yil yakuniga qadar rejalar:

  • yalpi hududiy mahsulot hajmini 8,1 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 8 foizga oshirish;
  • ishsizlik darajasini 4,2 foizgacha, kambag‘allik darajasini 3,2 foizgacha pasaytirish;
  • Nukus shahri, Qo‘ng‘irot va Chimboy tumanlari hamda 109 ta mahallani ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish.

2030 yilga qadar mo‘ljallar:

  • yalpi hududiy mahsulot hajmini 102,4 trln so‘mga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini 28,9 trln so‘mga yetkazish;
  • sanoat va xizmatlar sohasida jami 7,2 mlrd AQSh dollari ekvivalentidagi loyihalarni amalga oshirish;
  • eksport hajmini 900 mln AQSh dollariga yetkazish.

Boshqaruv tuzilmasidagi o‘zgarishlar:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi tugatiladi;
  • Vazirlar Kengashi raisining yaylovlardan samarali foydalanish, chorva ozuqa bazasini mustahkamlash va chorvachilikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritiladi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid