O‘zbekiston | 15:43 / 04.03.2026
1105
1 daqiqa o‘qiladi

Harbiylar o‘rtasida kibersport, dron va robot musobaqalari o‘tkaziladi

“O‘zbekiston Qurolli kuchlarida kibersport, dron va robot texnologiyalari yo‘nalishidagi sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, harbiylar o‘rtasida kibersport, dron va robot texnologiyalari bo‘yicha musobaqalar tashkil etiladi.

Foto: UzA

Qarorga muvofiq, Qurolli kuchlar tizimida zamonaviy texnologiyalarga asoslangan sport yo‘nalishlarini rivojlantirish maqsadida musobaqalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • kibersport yo‘nalishi;
  • dron texnologiyalari yo‘nalishi;
  • robot texnologiyalari yo‘nalishi.

Musobaqalar har yili uch bosqichda tashkil etiladi.

  • 1-bosqich — har yili avgust oyida vazirlik va idoralarda “Harbiy qism (muassasa) komandiri (boshlig‘i) kubogi” ichki musobaqasi.
  • 2-bosqich — har yili oktyabr oyida “Harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni kubogi” musobaqasi.
  • 3-bosqich — har yili dekabr oyida “Mudofaa vaziri kubogi” musobaqasi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur musobaqalar Qurolli kuchlarda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish, innovatsion yo‘nalishlardagi qobiliyatlarni rivojlantirish hamda harbiy xizmatchilarning amaliy tayyorgarligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid