Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatarda 91 nafar o‘zbekistonlik turar joy bilan ta’minlandi
4 mart kuni O‘zbekiston elchixonasi vakillari turli sabablarga ko‘ra Qatarda bo‘lib turgan vatandoshlar holidan xabar olib, ularga zarur amaliy va axborot ko‘magini ko‘rsatdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Qatardagi favqulodda va muxtor elchisi Ashraf Xo‘jayev Doha portiga tashrif buyurib, Celestine cruises kemasida bo‘lgan 71 nafar vatandosh bilan uchrashdi. Suhbatda ularga yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha batafsil ma’lumot berilgan.
Xususan, O‘zbekiston hukumati Qatarning tegishli idoralari bilan hamkorlikda vatandoshlar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, vaziyatdan kelib chiqib ularni vatanga qaytarish mexanizmlarini ishlab chiqayotgani ta’kidlangan.
Shuningdek, Qatar turizm tashkiloti bilan kelishilgan holda 91 nafar fuqaro munosib turar joy bilan ta’minlandi.
Elchixona vakillari Grand Regal, Hampton, Jouri Al Murwab va Retaj Al Rayyan mehmonxonalariga tashrif buyurib, u yerlarda vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolar haqida aniq ma’lumot to‘plagan hamda ularning ro‘yxatini shakllantirgan. Qayd etilishicha, bu ehtimoliy evakuatsiya yoki boshqa tashkiliy chora-tadbirlarni muvofiqlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayni paytda Qatar havo hududi yopiqligicha qolmoqda. Mamlakatda bo‘lib turgan xorijiy sayyohlar esa qo‘shimcha rasmiy ma’lumot berilishini kutmoqda.
Mavzuga oid
08:34
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026