Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda bir maktabning 23 o‘quvchisi muddatidan oldin talaba bo‘ldi
Navoiy shahridagi 11-maktabning 23 o‘quvchisi 4-5 tadan milliy sertifikatga ega chiqib, oliygohga kirish uchun muddatidan avval yuqori ball to‘pladi. Ularning 2 nafari 10-sinf o‘quvchisi.
Navoiy shahridagi 11-aniq fanlar chuqur o‘qitiladigan ixtisoslashgan maktab o‘quvchilari muddatidan oldin talaba bo‘lishda yuqori natija qayd etdi. Bu haqda Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu maktabning 23 nafar o‘quvchisi maktab partasidayoq talabalikni naqd qilgan. Ularning 2 nafari 10-, qolgani 11-sinf o‘quvchilari.
“155 nafar bitiruvchimiz bor. Hozircha 23 o‘quvchimiz muddatidan avval talaba bo‘ldi. O‘quv yili yakuniga qadar ular safini 40 nafarga yetkazishni maqsad qilganmiz. Ushbu o‘quvchilarimiz 4-5 tadan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi”, deydi maktab direktori Gulnora Jumaniyozova Kun.uz jurnalisti bilan suhbatda.
Maktab taqdim qilgan ma’lumotga ko‘ra, talabalikni naqd qilgan 23 o‘quvchining 20 nafari maksimal ballni (189 ball), bittasi 188, ikkitasi esa 186 ball to‘plagan. Bu bir maktab o‘quvchilarining muddatidan avval talaba bo‘lish ko‘rsatkichi bo‘yicha Navoiy viloyatida kuzatilgan eng yuqori natijalardan biri hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, milliy sertifikat – umumta’lim fanlari bo‘yicha talabgorning bilimini aniqlab berish uchun mo‘ljallangan sinov hisoblanadi. Unda turli fanlardan sertifikat imtihonlari o‘tkaziladi. Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.
Tegishli tartibga ko‘ra, umumta’lim fanlaridan A+, A darajali milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga bu fandan maksimal ball, B+, B, C+, C darajali milliy sertifikatlarga ega bo‘lgan abituriyentga esa tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.
Mavzuga oid
16:33 / 04.03.2026
Xususiy bog‘cha va maktab uchun to‘langan to‘lovdan daromad solig‘ini qanday qaytarib olish mumkin?
19:25 / 02.03.2026
Vazirlik attestatsiya testida xatolik bo‘lganini tan oldi
10:46 / 02.03.2026
“IELTS 9 ham yordam bermasligi mumkin” – AQShning 3 oliygohidan grant yutgan samarqandlik o‘quvchi Dilnura Toshtemirova
21:22 / 28.02.2026