Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin harbiylar uchun Telegramʼdan foydalanish xavfli ekanini aytdi
Vladimir Putin Rossiya hokimiyati nazorati ostida bo‘lmagan aloqa tizimlaridan harbiylar foydalanishi xavf tug‘dirishini aytdi. U bu haqda 8 mart arafasida «turli kasb egalari bo‘lgan ayollar» bilan uchrashuvda gapirdi.
Foto: RBK
Uchrashuvda Putin aloqa bataloni qo‘mondoni Irina Godunova bilan suhbatlashdi. U Telegramʼni «dushmanga tegishli aloqa turi» deb atadi va Rossiyada uni bloklash masalasi ko‘tarilganini ma’qulladi.
«Siz ham bizniki bo‘lmagan va biz nazorat qila olmaydigan aloqa tizimlaridan foydalanish shaxsiy tarkib uchun xavf tug‘diradi, degan fikrga qo‘shilasizmi?» — deb so‘radi Putin. Godunova bu fikrga qo‘shilishini aytdi.
Godunova yana «Max’ni yanada takomillashtirish kerak, shunda frontda hammasi yaxshi bo‘ladi», deb bildirdi.
Rossiya hokimiyati fevral oyidan beri Telegramʼni mamlakat ichida bloklashga bo‘lgan urinishlarni kuchaytirdi. RBK va The Bell nashrlari manbalariga tayanib yozishicha, messenjerni aprel boshida to‘liq bloklash rejalashtirilgan.
Telegram Ukrainadagi frontda rossiyalik harbiylar uchun asosiy aloqa vositalaridan biri hisoblanadi. Fevral o‘rtalarida Rossiya raqamli rivojlanish vaziri Maksut Shadayev hozircha hukumat Telegramʼning frontdagi ishini cheklashni rejalashtirmayotganini aytgan edi. RBK manbalari ham Rossiya hududida to‘liq blokirovka qilinganidan keyin ham messenjer jangovar hududda ishlashda davom etishini tasdiqlagan.
Mavzuga oid
12:03 / 23.04.2026
Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina muzokaralarini qayta boshlashga bel bog‘ladi
23:38 / 22.04.2026
Germaniya harbiy strategiyani qabul qildi va Rossiyani asosiy tahdid deb atadi
23:06 / 22.04.2026
Pavel Durovning Rossiyadagi kvartirasiga tergovga chaqiruv qog‘ozi keldi
22:15 / 22.04.2026