O‘zbekiston | 09:13
2126
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijiy avtoulovlar uchun “tonirovka” bo‘yicha yangi tartib joriy etildi

O‘zbekistonda xorijiy davlatlardan vaqtincha kirib keladigan yoki tranzit o‘tadigan yengil avtotransport vositalari uchun qoraytirilgan oyna bo‘yicha to‘lov tartibi o‘zgartirildi. Endi yig‘im faqat old yon oynalarining tusi o‘zgartirilgan holatlarda undiriladi.

Adliya vazirligi xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan yengil avtotransport vositalarining O‘zbekiston hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun yig‘imlarni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Unga ko‘ra, xorijiy davlat avtotransport vositalari O‘zbekistonga vaqtincha kirganida yoki tranzit o‘tganida old, orqa yoki orqa yon oynalari tusi o‘zgartirilgani uchun yig‘im to‘lash amaliyoti bekor qilindi. Endi yig‘im faqat old yon oynalarining tusi o‘zgartirilganligi uchun undiriladi.

Shuningdek, xorijiy fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida mazkur yig‘imni bojxona postidagi bank kassalaridan tashqari “E-tranzit” avtomatlashtirilgan axborot tizimida shakllantiriladigan QR-kod orqali onlayn to‘lash imkoniyati ham yaratildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid