Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona tumani soliqchisi 20 ming dollar bilan ushlandi
Farg‘ona tumani soliq inspeksiyasi bosh inspektori tanishlari orqali tadbirkorga yer ajratib berish va’dasi bilan 101 ming dollar talab qilib, shundan 20 ming dollarini olgan vaqtida qo‘lga olindi.
DXX e’lon qilgan kadrlar
Farg‘ona tumani soliq inspeksiyasi bosh inspektori tezkor tadbir vaqtida qo‘lga olindi.
DXX xabariga ko‘ra, u yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan va qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan 10 gektar yer maydonini namanganlik tadbirkorga kelgusida sayyohlik maskani tashkil etishi uchun ajratib berish evaziga 95 ming dollar, yer maydoni toifasini o‘zgartirib berish evaziga 6 ming dollar (jami 101 ming dollar) talab qilgan.
DXX va IIVning Namangan viloyati boshqarmalari hamkorligida Yangi Namangan tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, bosh inspektor oldindan 20 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:21
Fransiyaning 71 yoshli sobiq prezidenti qamoqdan ozod etildi
08:58 / 03.05.2026
Toshkentda profilaktika inspektori jinoyat ishi qo‘zg‘atish evaziga 10 ming dollar olayotganida ushlandi
10:39 / 02.05.2026
Jinoyatni bosdi-bosdi qilib berishini aytib pul olgan IIB xodimi ushlandi
13:45 / 26.04.2026