Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik 5 yoshli bemor qiz Turkiyadan olib kelindi
Turkiyada og‘ir kasallik bilan davolanayotgan 5 yoshli o‘zbekistonlik qiz diplomatik vakolatxonalar ko‘magida shifokorlar va yaqinlari hamrohligida O‘zbekistonga olib kelindi.
“Dunyo” AA xabar berishicha, O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakolatxonasi tomonidan olib borilgan ishlar natijasida 2025 yil dekabr oyidan buyon xususiy shifoxonada og‘ir kasallik bilan kurashayotgan 5 yoshli Z.S. ismli qizaloq vatanga qaytarildi.
Bosh konsulxona o‘zining Telegram-kanali orqali Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Turkiyadagi vakolatxonasi vakillariga, Turkiya va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirliklariga, shuningdek, xususiy klinika mutaxassislariga ushbu xayrli tashabbusni amalga oshirishda yaqindan yordam bergani va hamkorlik qilgani uchun minnatdorlik bildirdi.
“Bemor qiz va uning yaqinlariga tezroq sog‘ayib ketishini va mustahkam sog‘lik tilab qolamiz”, deyiladi Bosh konsulxona xabarida.
Shu bilan birga, diplomatlar so‘nggi paytlarda Turkiyada tibbiy xizmat ko‘rsatish niqobi ostida sodir bo‘layotgan firibgarlik holatlari yuzasidan yurtdoshlarni hushyorlikka chaqirdi. Fuqarolarga tibbiy xizmat bilan bog‘liq masalalarda faqat ishonchli manbalarga murojaat qilish tavsiya etildi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026