Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda hokim yordamchisi 5 ming dollar bilan ushlandi
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida hokim yordamchisi fuqarodan 5 ming AQSh dollari olgan vaqtida tezkor tadbir davomida ushlandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazdi.
Tadbir davomida Yashnobod tumani hokimining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inidagi yordamchisi o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Aniqlanishicha, u tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ko‘p qavatli uyning 1-qavatidagi turar joy xonadonini noturar joy toifasiga o‘tkazishga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ruxsat olib berish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish evaziga mazkur mablag‘ni talab qilgan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu masalani Yashnobod tuman hokimiyati bo‘linma rahbari orqali hal qilish rejalashtirilgani aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi. Natijada ushbu mansabdor shaxs ham 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi hamda 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fuqarolarga bu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelganda Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga murojaat qilish tavsiya etildi. Shaxsning sir saqlanishi kafolatlanadi.
Mavzuga oid
09:09 / 17.02.2026
Shayxontohurda Beltepa ko‘chasidagi xonadonda yong‘in: jabrlanganlar yo‘q
09:52 / 05.02.2026
Yashnobodda ko‘p qavatli uy xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi
15:21 / 01.02.2026
«Juda ko‘p bola evakuatsiya qilindi» – Aviator’dan reportaj
09:38 / 30.01.2026