Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baxtiyor Saidov Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
Saidov shuningdek, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan hamda Ozarboyjon tashqi ishlar vaziri Jyeyhun Bayramov bilan ham bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.
Foto: TIV
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi.
Saidov Turkiya prezidenti tomonidan qabul qilinganini bildirib, uchrashuv davomida Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomlarini yetkazganini qayd etdi.
“Rahbarlarimiz o‘rtasida o‘rnatilgan shakllangan birodarlik rishtalari har bir sohada yaqin hamkorlik qilish uchun eng mustahkam poydevor yaratmoqda”, deb yozdi u.

Baxtiyor Saidov shuningdek, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan hamda Ozarboyjon tashqi ishlar vaziri Jyeyhun Bayramov bilan ham bilan uchrashuvlar o‘tkazgan. O‘zaro muloqotlar davomida tomonlar Yaqin Sharqdagi vaziyat va uning mintaqaviy oqibatlari yuzasidan fikr almashgan.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Istanbulda Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Yig‘ilishda mintaqaviy va global xavfsizlikka ortib borayotgan tahdidlar hamda turkiy davlatlar o‘rtasida birdamlik va muvofiqlashtirishni mustahkamlashning muhimligi muhokama qilingan.
O‘zbekiston Tashkilot doirasida amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, barqarorlik va o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash hamda izchil rivojlanishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Mavzuga oid
20:34 / 09.03.2026
Istanbulning sobiq meri Akrom Imomo‘g‘liga 2430 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda
17:59 / 09.03.2026
Tehron Turkiya, Ozarboyjon va Kiprga qilingan hujumlar yuzasidan bayonot berdi
11:48 / 07.03.2026
O‘zbekistonlik 5 yoshli bemor qiz Turkiyadan olib kelindi
12:30 / 06.03.2026