Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qonun: kimlarga ishga kirishda dastlabki sinov qo‘llanmaydi?
O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, ayrim toifadagi fuqarolar ishga qabul qilinayotganda ularga nisbatan dastlabki sinov muddati belgilanmaydi. Bu me’yor, ayniqsa, homilador ayollar va yosh bolasi bor ota-onalarning mehnat huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
Qonunchilikka muvofiq, homilador ayolga ishga qabul qilishda dastlabki sinov muddati belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga ham sinov muddati qo‘llanilmaydi.
Bundan tashqari, uch yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota yoki vasiyga nisbatan ham ishga qabul qilish jarayonida dastlabki sinov belgilanmaydi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, mazkur norma mehnat munosabatlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadagi fuqarolarning huquqlarini ta’minlash, ular uchun barqaror mehnat sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.
Mehnat shartnomasi tuzishda dastlabki sinov muddati belgilanishi mumkin, ammo qonunchilikda belgilangan ayrim toifadagi shaxslarga nisbatan bunday talab qo‘llanmaydi.
Mavzuga oid
09:22
Rahbar ayollarning yillik reytingi yangilandi
18:58 / 06.03.2026
Ayollar uyida tadbirkorlik qilishi uchun “Daromadli ayol” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
20:31 / 10.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlar ayollarning o‘z-o‘zini baholashini pasaytiradi: tadqiqot natijalari
14:25 / 06.01.2026