O‘zbekiston | 10:35
5456
1 daqiqa o‘qiladi

Qarshi tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jasur Tursunov Qarshi tumanining yangi hokimi sifatida ish boshladi. U bunga qadar Chiroqchi tumani prokurori lavozimida edi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Jasur Sanjarovich Tursunov Qarshi tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi xabar bermoqda.

Jasur Tursunov 1979 yil Kasbi tumanida tug‘ilgan, Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Faoliyati davomida Mirishkor va Shahrisabz tumanlari prokurori bo‘lib ishlagan, tayinlovga qadar Chiroqchi tumani prokurori edi.

Viloyat hokimligi matbuot kotibi Ahror Sodiqovning aniqlik kiritishicha, tumanning avvalgi hokimi Zoir Aliqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan. U bu lavozimda 2023 yil oktyabridan buyon ishlayotgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid