Iqtisodiyot | 14:42
951
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda sanoat bo‘yicha yetakchi hudud ma’lum bo‘ldi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar oyida O‘zbekistonda jami 85,1 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Navoiy viloyati 27,1 trln so‘mlik ko‘rsatkich bilan yetakchi o‘rinni egalladi.

Keyingi o‘rinlarda Toshkent shahri 13,9 trln so‘m va Toshkent viloyati 12,2 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi bilan qayd etildi.

Shuningdek, Andijon viloyatida 4,4 trln so‘m, Samarqand viloyatida 3,8 trln so‘m, Farg‘ona viloyatida 3,5 trln so‘m hamda Buxoro viloyatida 3,2 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida 2,8 trln so‘mdan, Jizzax viloyatida 2,5 trln so‘m, Sirdaryo viloyatida 2,4 trln so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2,1 trln so‘m hamda Xorazm viloyatida 1,9 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan.

Eng past ko‘rsatkich esa Surxondaryo viloyatida qayd etilgan bo‘lib, ushbu hududda yanvar oyida 1,1 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid