Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Do‘konli bekatlarning deyarli hammasida noqonuniy qurilish bor – YHTM
Toshkentdagi avtobus bekatlarida noqonuniy do‘konlar buzilmoqda. Yo‘l harakatini tashkil etish markazi bo‘lim boshlig‘i Ollayor Norbo‘tayevning ma’lum qilishicha, hozircha 380 ta bekat ko‘rib chiqilgan, shuning 120 tasida savdo obekti borligi, 60 tasi noqonuniy tashkil etilgani aniqlangan. Buzish ishlari sud qarori asosida ketayotgani, tadbirkorlarga yangi turizm ko‘chalaridan joy berilishi aytildi.
Foto: Kun.uz
12 mart kuni Toshkent shahar hokimligi binosida hokimlik, poytaxt transport bosh boshqarmasi, Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTM) vakillari va boshqa rasmiylar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda poytaxtdagi avtobus bekatlarida ishlab kelayotgan do‘konlar yuzasidan ham ma’lumot berildi.
YHTM bo‘lim boshlig‘i Olloyor Norbo‘tayevning aytishicha, “Dolzarb 90 kun” doirasida Toshkentdagi 472 km yo‘lni o‘rganish ishlari boshlangan. Dastlabki 30 kun uchun 100 km qismi ajratib olingan. Ma’lum bo‘lishicha, hozirgacha o‘rganilgan 380 ta avtobus bekatidan 120 tasi do‘konli bo‘lib, shundan 60 tasi esa noqonuniy hisoblanadi.
Ayni vaqt bunday savdo obektlari buzib tashlanmoqda. Olloyor Norbo‘tayev buzish jarayonlari qanchalik qonuniy ekaniga oid savolga javob berdi.
“Qaysi joy buzilgan bo‘lsa, sudning qarori bilan buzilgan. To‘ppa-to‘g‘ri, tadbirkor kuyib qolishi kerak emas. Hozirda tuman hokimiyatlariga topshiriq berilgan: har bir tumanda turizm ko‘chalari tashkil qilinyapti. O‘sha do‘konli bekatlarning egalariga turizm ko‘chalaridan joy berishadi”, – dedi u.
Qo‘shimcha qilinishicha, bekatlarda noqonuniy qurilgan do‘konlar bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganishlar ketyapti.
“Har bir bekat ko‘tariladi: qanday ishlagan, necha metr kvadrat bo‘lishi kerak, necha kvadrat bo‘lgan, noqonuniy, qonuniy – har biri bo‘yicha ish ketmoqda. Bu o‘rganish natijalari bo‘yicha yana raqamlar bo‘yicha o‘zimizning kanalimizda ham, Toshkent shahar hokimiyati kanalida ham har biri bo‘yicha ma’lumot berib o‘tamiz”, – dedi Norbo‘tayev.
Markaz vakili bergan ma’lumotga ko‘ra, “Toshkent shahrida 750 taga yaqin do‘konli bekat bo‘lsa, hammasida noqonuniy qurilish bor”. Hammasi kengaytirib olgan.
“Agar bir dona bekatni misol qilib tushuntirib aytaman. Mana, Buyuk ipak yo‘li metrosi oldida masalan 200 metr kvadratli do‘kon bor. Uning hujjati 10 metr kvadratga ekan. Endi shu masalani tegishli tashkilotlar o‘rganmoqda: kim ruxsat bergan, qanaqa bo‘lgan, nima bo‘lgan, u qancha soliq to‘lagan. Har bir tashkilot o‘zining yo‘nalishi bo‘yicha o‘rganishlar olib bormoqda. O‘rganish natijalarini yana e’lon qilib berib boramiz”, – dedi u.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 120 ta bekatdagi do‘konlar 1995 va 2005 yillar oralig‘ida qurilgan.
Mavzuga oid
22:21 / 12.03.2026
“Yechim – tezlikni tushirish” - hokim o‘rinbosari Toshkentda YTHlar ko‘pligi haqida
13:59 / 12.03.2026
Poytaxtning umumiy qiyofasini yaratishga qaratilgan shahar dizayn-kodi rasman tasdiqlandi
12:58 / 12.03.2026
Toshkentda yo‘l o‘tkazgich o‘pirilib tushdi
11:10 / 12.03.2026