Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxtda yo‘llar, svetoforlar va bekatlar bosqichma-bosqich yangilanmoqda
11 mart kuni Toshkent shahrida yo‘l infratuzilmasining texnik holatini yaxshilash, harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘llarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirishga qaratilgan reja asosida qator ishlar amalga oshirildi.
Foto: IIBB
Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lumotiga ko‘ra, shaharda aqlli svetoforlarni o‘rnatish va modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda. Jumladan, Cho‘ponota – Nurxon ko‘chalari kesishmasida 7 ta avtomobillar va 4 ta piyodalar uchun svetofor hamda 3 ta taymer ishga tushirildi. Shuningdek, Islom Karimov – Afrosiyob ko‘chalari kesishmasida 3 ta anker blok o‘rnatildi.
Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasining Turon, Sho‘rtepa 2-tor, 207-maktab oldidagi piyodalar o‘tish joyi hamda Jasorat kesishmalarida asfalt qoplamasini kesish ishlari olib borilmoqda. Qatortol 2 – Al-Xorazmiy kesishmasida kabel montaj ishlari bajarildi. Shuningdek, Buyuk Ipak yo‘li – Intizor, 233-uy qarshisi, Shukur Burxonov, Mohlaroyim hamda Islom Karimov – Afrosiyob kesishmalarida yer qazish va quvurlar yotqizish ishlari amalga oshirildi.
Shu bilan birga, shahar ko‘chalarida joriy ta’mirlash ishlari ham olib borilmoqda. Xususan, Yashnobod tumanidagi Jarqo‘rg‘on ko‘chasida 1 500 kv m, Sebzor ko‘chasida 374 kv m va Abdulla Qodiriy ko‘chasida 200 kv m maydonda frezerlash ishlari bajarildi.
Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 45 metr eski bordyur demontaj qilinib, 75 metr yangi bordyur o‘rnatildi. Shuningdek, shahar bo‘ylab 35 ta yo‘l belgisi almashtirilib, 57 ta yangi belgi o‘rnatildi.
Jamoat transporti infratuzilmasini yaxshilash maqsadida Buyuk Ipak yo‘li, Maxtumquli, Osiyo, Mirzo Ulug‘bek, Istiqlol va KHAY ko‘chalarida jami 11 ta zamonaviy bekatni yangilash ishlari davom etmoqda.
Qo‘shimcha ravishda, «Toshshaharnur» davlat muassasasi tomonidan Maxtumquli ko‘chasida 3 ta va Sebzor ko‘chasida 6 ta temir yoritish ustuni bo‘yaldi. Shuningdek, Farg‘ona yo‘li, KHAY va Nurafshon ko‘chalarida yoritish tizimiga tegishli 63 ta ustun bo‘yalib ta’mirlandi.
Mavzuga oid
13:59
Poytaxtning umumiy qiyofasini yaratishga qaratilgan shahar dizayn-kodi rasman tasdiqlandi
12:58
Toshkentda yo‘l o‘tkazgich o‘pirilib tushdi
10:15
Toshkent ko‘chalarida “Gelik”ni katta tezlikda boshqargan shaxslar 15 sutkaga qamaldi
10:39 / 11.03.2026