Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir yilda turizm sohasidagi tashkilotlar soni 21 foizga ko‘paydi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 fevral holatiga O‘zbekistonda turoperatorlar, turagentlar hamda turizm sohasida xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlar soni 3 143 tani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 551 taga yoki 21,3 foizga oshgan.
Statistikaga ko‘ra, mamlakatda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar soni so‘nggi yillarda barqaror o‘sish sur’atini namoyon etmoqda. Jumladan, 2022 yil 1 fevral holatiga bu ko‘rsatkich 1 841 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilda 2 374 taga yetgan. 2024 yilda 2 539 ta, 2025 yilda esa 2 592 ta tashkilot faoliyat yuritgan.
2026 yilga kelib mazkur ko‘rsatkich 3 143 taga yetgani mamlakatda turizm xizmatlariga bo‘lgan talab ortib borayotganini hamda sohada yangi kompaniyalar soni ko‘payib borayotganini ko‘rsatadi.
So‘nggi yillarda turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari, vizaviy tartiblarning soddalashtirilishi, ichki va tashqi turizmni qo‘llab-quvvatlash choralari hamda yangi infratuzilma obektlarining barpo etilishi sohada faoliyat yuritayotgan kompaniyalar sonining ko‘payishiga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, turoperator va turagentlar sonining ortishi mamlakatga kelayotgan xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish, ichki turizmni rag‘batlantirish va turizm xizmatlari bozorida raqobat muhitini kuchaytirishda muhim omil hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
09:41 / 25.06.2026
Statistika: O‘zbekistonda aholisi eng ko‘p hududlar qaysilar?
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026