O‘zbekiston | 08:54
592
1 daqiqa o‘qiladi

Hududlar kesimida korxona va tashkilotlar soni ochiqlandi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning 1 mart holatiga O‘zbekistonda jami 576,8 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 44,2 mingtaga yoki 8,3 foizga ko‘paygan.

Hududlar kesimida eng ko‘p korxona va tashkilotlar Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, ularning soni 111 137 tani tashkil etmoqda. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (54 273 ta) va Samarqand viloyati (53 475 ta) joylashgan.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatida 49 278 ta, Qashqadaryo viloyatida 44 055 ta, Andijon viloyatida 35 500 ta, Buxoro viloyatida 34 902 ta va Namangan viloyatida 33 776 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda.

Qolgan hududlarda esa Xorazm viloyatida 32 069 ta, Surxondaryo viloyatida 32 023 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 29 220 ta, Jizzax viloyatida 26 468 ta, Navoiy viloyatida 24 061 ta hamda Sirdaryo viloyatida 16 557 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.

Korxona va tashkilotlar sonining ortishi mamlakatda tadbirkorlik muhiti yaxshilanib borayotgani va iqtisodiy faollik izchil o‘sib borayotganidan dalolat beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid