O‘zbekiston | 19:08
1010
2 daqiqa o‘qiladi

Qatardan o‘zbekistonliklarning so‘nggi guruhi yo‘lga chiqdi

Shu kunga qadar Qatarni tark etish istagini bildirgan 548 nafar O‘zbekiston fuqarosi Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari orqali evakuatsiya qilindi.

Foto: “Dunyo” AA

13-14 mart kunlari O‘zbekiston elchixonasi tomonidan evakuatsiya qilinayotgan fuqarolarimizning so‘nggi guruhi yo‘lga chiqdi, deb xabar berdi «Dunyo» AA.

Qayd etilishicha, 96 nafar fuqaro Dohadan Dubaygacha avtobuslarda yo‘l olib, u yerdan Dubay–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha samolyotda parvoz qilishadi.

Xabarga ko‘ra, elchixona tomonidan shu kunga qadar Qatarni tark etish istagini bildirgan 548 nafar O‘zbekiston fuqarosi “Vatandoshlar” jamoat fondi bilan hamkorlikda Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari orqali evakuatsiya qilindi. Ular asosan turistlar, talabalar hamda vaqtincha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun kelgan fuqarolar bo‘lgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 13 mart kuni soat 07:00 holatiga ko‘ra, AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlari boshlanganidan buyon Yaqin Sharq mamlakatlaridan 32 ming 934 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarilganini ma’lum qilgandi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid