Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobodda yangi qurilayotgan turar joy binosida yong‘in sodir bo‘ldi
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan yangi qurilayotgan turar joy binolaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa 13 mart kuni Yuqori Qoraqamish ko‘chasidagi qurilish obektida yuz bergan.
Foto: FVBB
Ma’lum qilinishicha, soat 11:08 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga mazkur manzildagi yangi qurilayotgan turar joy binosining ikkinchi qavatida yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushgan. Shundan so‘ng qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yo‘l olgan va soat 11:09 da manzilga yetib borgan.
Tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 11:16 da qurshab olingan va oradan uch daqiqa o‘tib, ya’ni soat 11:19 da to‘liq o‘chirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmagan.
Hodisa joyida o‘tkazilgan ko‘zdan kechirish ishlari davomida yangi qurilayotgan turar joy binosining ikkinchi qavatida qurilish materiallari yongani va shu qismga zarar yetgani aniqlangan.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolar va tadbirkorlarni yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirdi. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bunday holatlarning oldini olishda ehtiyotkorlik va xavfsizlik talablariga rioya qilish muhim ahamiyatga ega.
Mavzuga oid
11:45 / 03.03.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
10:20 / 24.02.2026
Yunusobodda 2 gektar yerni 9 mln dollarga sotishga urinish fosh etildi
10:20 / 21.02.2026
Uchtepadagi bozor yong‘ini bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar ma’lum qilindi
09:20 / 21.02.2026