Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Park in Mall’da yong‘in chiqdi
Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
Foto: Videodan kadr
15 mart kuni Toshkent Siti hududida joylashgan Park in Mall savdo markazida yong‘in chiqdi.
«15 mart kuni soat 13:18 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Botir Zokirov ko‘chasida joylashgan Park in Mall oilaviy ko‘ngilochar savdo markazi 3-qavatida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 13:19 da yetib borib, yong‘in soat 13:28 da o‘chirildi», – deyiladi Toshkent shahri Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi ma’lumotida.
Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda bu vaqtda bino ichkarisida odamlar ko‘p bo‘lgani, ular orasida yosh bolalar ham borligini ko‘rish mumkin.
FVV matbuot xizmati esa bino hozirgi vaqtda foydalanishga topshirilmagani va yong‘in bolalar o‘yingohida sodir bo‘lmagani, bu joyda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan bo‘lgani haqida ma’lumot bergan.
Eslatib o‘tamiz, 31 yanvar kuni Yashnobod tumanidagi Aviator savdo majmuasining ikkinchi qavatida yong‘in sodir bo‘lgandi. Pixel nomli bolalar maydonchasi hududida vayronalar ostidan 2 yosh 7 oylik qizning jasadi topilgandi. Ushbu fojiadan keyin O‘zbekiston bo‘ylab shu kabi obektlarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini tekshirish boshlangan.
Mavzuga oid
10:22 / 14.03.2026
Yunusobodda yangi qurilayotgan turar joy binosida yong‘in sodir bo‘ldi
11:45 / 03.03.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
10:20 / 21.02.2026
Uchtepadagi bozor yong‘ini bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar ma’lum qilindi
09:20 / 21.02.2026