Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chelsi» Abramovich davridagi qoidabuzarliklar uchun 10 mln funt jarimaga tortildi
«Chelsi»ning yangi rahbariyati o‘z ixtiyori bilan tegishli davrda futbolchilar, ro‘yxatdan o‘tmagan agentlar va boshqa shaxslarga yashirin to‘lovlar amalga oshirilganini tan oldi.
Foto: Getty images
Angliya Premer-ligasi (APL) 2011-2018 yillar oralig‘ida, ya’ni Roman Abramovich davrida yo‘l qo‘yilgan moliyaviy qoidabuzarliklari uchun Londonning «Chelsi» klubini 10,75 mln funt miqdorida jarimaga tortdi. Shuningdek, klubga yaqin to‘qqiz oy ichida akademiya darajasida transferlarni amalga oshirish taqiqlandi.
Bundan tashqari, asosiy jamoaga nisbatan shartli ravishda bir yillik transfer taqiqi amal qiladi. Sinov muddati ikki yildan iborat.
Tergov 2022 yildan buyon olib borilgan edi. «Chelsi»ning yangi rahbariyati o‘z ixtiyori bilan ligaga tegishli davrda futbolchilar, ro‘yxatdan o‘tmagan agentlar va boshqa shaxslarga yashirin to‘lovlar amalga oshirilganini ma’lum qildi. Britaniya ommaviy axborot vositalarining ko‘plab xabarlariga ko‘ra, London klubi Eden Azar, Villian va Samuel Eto'O transferlarini qoidabuzarliklar bilan amalga oshirgan.
Relizda qayd etilishicha, «qonunbuzarliklar haqida klubning o‘zi faol ravishda xabar berishi», «Chelsi»ning yangi rahbariyati tomonidan ularning tan olinishi va «butun tergov davomida» hamkorlik qilish yengillashtiruvchi holatlar bo‘lgan. Angliya futbol assotsiatsiyasining shunga o‘xshash qoidabuzarliklar bo‘yicha alohida intizomiy ishi davom etmoqda.
Rossiyalik oligarx Roman Abramovich 2003 yilda «Chelsi» klubini sotib oldi. Uning rahbarligida klub ko‘plab katta sovrinlarni qo‘lga kiritdi va dunyoning eng yaxshi klublaridan biriga aylandi. 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Buyuk Britaniya Roman Abramovichga nisbatan sanksiyalarni joriy qildi. Shundan keyin oligarx «Chelsi» klubidagi ulushini sotdi.
Mavzuga oid
19:15 / 16.03.2026
Eronning yangi rahbari Moskvada davolanayotgan bo‘lishi mumkin
15:47 / 16.03.2026
Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha blokadasini bekor qildi
14:26 / 16.03.2026
Krasnodarda dronlar hujumi neft bazasida yong‘inga sabab bo‘ldi
12:14 / 16.03.2026