Jamiyat | 11:05
959
1 daqiqa o‘qiladi

Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan ko‘p qavatli uy xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 16 mart kuni soat 16:30 da Lashkarbegi mahallasi, Hamid Olimjon ko‘chasida qayd etilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Xabar tushganidan so‘ng qutqaruv ekipajlari qisqa vaqt ichida — soat 16:38 da hodisa joyiga yetib borgan. Tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 16:52 da qurshab olinib, 16:59 da to‘liq o‘chirilgan. Shu tariqa yong‘inning boshqa xonadonlarga tarqalishining oldi olindi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Fuqarolarning xavfsizligi ta’minlangan, uydagi aholi o‘z vaqtida evakuatsiya qilingani qayd etilmoqda.

Hozirda mutasaddi idoralar tomonidan yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zararni aniqlash bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 

Mutaxassislar yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, ayniqsa elektr uskunalari va gaz jihozlaridan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lish zarurligini eslatmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid