Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev Yaqin Sharqqa 200 dan ortiq harbiy ekspert yubordi
Volodimir Zelenskiy dron hujumlarini qaytarishga yordam berish uchun Yaqin Sharq mamlakatlariga 200 dan ortiq harbiy mutaxassis yuborilganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bu qaror Ukraina hamkorlari, jumladan AQShning iltimosiga javoban qabul qilingan.
Foto: Jonathan Brady/AP
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 17 mart, seshanba kuni Buyuk Britaniya parlamentidagi nutqi chog‘ida hozirda Yaqin Sharq mamlakatlarida 201 nafar ukrainalik harbiy ekspert borligi, yana 34 nafari esa “joylashtirishga tayyor” ekanini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap Rossiya Ukrainaga muntazam hujum qilishda qo‘llayotgan Shahed turidagi dronlardan qanday himoyalanishni biladigan harbiy mutaxassislar haqida ketmoqda.
“Bizning guruhlarimiz allaqachon BAA, Qatar va Saudiya Arabistoniga yetib bordi, shuningdek Kuvaytga ham yo‘l olmoqda. Biz boshqa mamlakatlar bilan ham ishlayapmiz, kelishuvlar allaqachon tuzilgan. Biz Eron terrorining qo‘shni davlatlarga qarshi davom etishini istamaymiz”, — dedi Zelenskiy.
U yana ta’kidlashicha, ekspertlarni yuborish haqidagi qaror Ukraina sheriklari, jumladan AQShning so‘roviga javoban qabul qilingan.
Shu bilan birga, Zelenskiy ittifoqchilarni Yaqin Sharqdagi urush fonida Ukrainasini unutmaslikka chaqirdi va Rossiya hamda Eron o‘rtasidagi hamkorlik tug‘dirayotgan tahdid haqida ogohlantirdi.
“Rossiya va Erondagi rejimlar — nafrat bo‘yicha aka-uka, shuning uchun ham ular qurol bo‘yicha ham aka-ukadir. Biz esa nafrat asosida qurilgan rejimlar hech qachon g‘alaba qozonmasligiga intilamiz”, — dedi u.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer esa o‘z navbatida Erondagi urush Ukrainadagi urushdan e’tiborni chalg‘itishiga yo‘l qo‘ymasligini va’da qildi.
Londondagi muzokaralar yakunlariga ko‘ra, Starmer va Zelenskiy xavfsizlik va mudofaa sohasida kuchaytirilgan hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumati matbuot xizmati xabar qildi.
Deklaratsiyada mamlakatlar qo‘shma mudofaa-sanoat va texnologik ekotizimni rivojlantirish ustida ishlashi qayd etilgan. Hamkorlik doirasida ishlab chiqarish liniyalarini yaratish, tadqiqot va ishlanmalar olib borish, mudofaa mahsulotlari ta’minot zanjirlarini integratsiya qilish hamda sanoat sherikliklarini rivojlantirish nazarda tutilishi mumkin.
Britaniya hukumati press-relizida shunday deyilgan: “Bu hamkorlik Ukraina nafaqat agressiyadan himoyalanayotgan davlat, balki o‘z sheriklari xavfsizligiga hissa qo‘shayotgan va Yevropaning jamoaviy mudofaasini mustahkamlayotgan davlat ekani haqidagi umumiy tushunchani aks ettiradi”.
Mavzuga oid
16:42
YeI Ukrainaga “Drujba” orqali neft o‘tkazishni qayta tiklashda yordam beradi
13:41
Moldovada Ukraina chegarasi yaqinida qulagan dron topildi
19:12 / 17.03.2026
Shoygu Ukrainaning havo hujumlari tobora uzoqqa borayotganidan shikoyat qildi
17:35 / 17.03.2026