Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat idoralarida qog‘oz sarfi uchun cheklov joriy qilinadi
2026 yil 1 maydan boshlab keyingi 5 yil davomida davlat tashkilotlarida qog‘oz, printer va shunga o‘xshash jihozlar xarajatlari har yili 15 foizga kamaytirib boriladi. Printerlardan markazlashgan holda umumiy foydalaniladi. Bunda har 20 nafar xodim uchun 1 dona qurilma ajratiladi.
O‘zbekistonda qog‘ozsiz ish yuritishga o‘tish jarayoni jadallashtiriladi. Bu borada 18 mart kuni «Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qog‘ozdan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 iyunga qadar:
- ishlatilgan qog‘ozlarni yig‘ish uchun maxsus chiqindi qutilari tashkil etiladi va ularni qayta ishlash korxonalariga yetkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
- har bir tarkibiy bo‘linmadagi xodimlar soni, ish hajmi va haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda, qog‘oz sarfi uchun cheklov joriy qilinadi.
2026 yil 1 maydan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida:
- kelgusi 5 yilda xarajatlar smetasini tuzish jarayonida qog‘oz, siyoh, printer va nusxa ko‘chirish uskunalarini xarid qilish xarajatlari miqdori har yili 15 foizga kamaytirilgan holda rejalashtiriladi;
- printerlardan markazlashgan holda umumiy foydalanish tizimi joriy qilinadi. Bunda umumiy foydalanishdagi ochiq ofisda faoliyat yurituvchi har 20 nafar xodim uchun 1 dona printer ajratiladi;
- har oyda 1 marotaba «Qog‘ozsiz bir kun» ekoaksiyasi o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
09:07 / 20.03.2026
O‘zbekistonda yanvar oyida qog‘oz sanoatida sezilarli o‘sish kuzatildi
18:03 / 29.01.2026
Xitoy kompaniyasi Samarqandda qog‘oz zavodini quradi
07:36 / 09.07.2025
O‘zbekistonda milliy usulda qog‘oz tayyorlash bo‘yicha ustaxona tashkil etiladi
17:15 / 07.11.2022