Tasviriy va amaliy san’atni rivojlantiriş va jahon miqyosida ommalaştiriş uçun Özbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatining asosiy ustuvor yönalişlari böladi:
- tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn sohasi xodimlarini moddiy va ma’naviy qöllab-quvvatlaş hamda ularning samarali ijod qilişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş;
- iste’dodli yoş rassomlar uçun möljallangan ijodiy ustaxonalar faoliyatini taşkil etiş, ularning şaxsiy va jamoaviy körgazmalarini uyuştiriş;
- iste’dodli yoşlarni kreativ loyihalarga keng jalb etiş;
- xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş va boşqalar.
Özbekistonning 2026-2027 yillarga möljallangan ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturi doirasida quyidagilar rejalaştirilmoqda:
- Badiiy körgazmalar direksiyasining körgazma zalini rekonstruksiya qiliş, Zamonaviy galereya binosini quriş va 40 ta ijodiy ustaxonadan iborat Yoş rassomlar markazi faoliyatini yölga qöyiş;
- milliy usulda qoğoz tayyorlaş böyiça öquv-işlab çiqariş ustaxonasini yaratiş;
- Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan rassomlik maktabining qöşimça öquv binosini quriş.
Hujjatda iste’dodli yoş rassomlarni "ustoz-şogird" an’analari asosida tarbiyalab kelayotgan taniqli ijodkorlarni Badiiy akademiyaga ajratilgan Davlat budjeti mablağlari hisobidan har oy MHTEKMning 1,6 baravarigaça miqdorda qöşimça rağbatlantiriş nazarda tutilgan.








