Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri yashash va ovqatlanish xizmatlarida yetakchi bo‘ldi
2026 yil yanvar oyida O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi qariyb 13,8 trln so‘mni tashkil etdi. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etildi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar oyida mamlakatda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi qariyb 13,8 trln so‘mga yetgan.
Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 27,1 foizga oshgan. Bu sohada yil boshida sezilarli o‘sish kuzatilganini ko‘rsatadi.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, poytaxtda mazkur turdagi xizmatlar hajmi 2,6 trln so‘mni tashkil etgan.
Keyingi o‘rinlarda Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari qayd etilgan bo‘lib, har ikki hududda 1,7 trln so‘mlik yashash va ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatilgan. Namangan viloyatida bu ko‘rsatkich 1,4 trln so‘m, Farg‘ona viloyatida 1,3 trln so‘mga teng bo‘lgan.
Shuningdek, Toshkent viloyatida 987,8 mlrd so‘m, Andijon viloyatida 860,8 mlrd so‘m, Xorazm viloyatida 715,1 mlrd so‘m, Buxoro viloyatida 692,7 mlrd so‘m va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 683,7 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.
Qolgan hududlarda Surxondaryo viloyatida 556,6 mlrd so‘m, Navoiy viloyatida 478,6 mlrd so‘m, Jizzax viloyatida 384,1 mlrd so‘m va Sirdaryo viloyatida 243,3 mlrd so‘mlik yashash va ovqatlanish xizmatlari qayd etilgan.
Mavzuga oid
11:12
Toshkentdan bir kunda 500 mingdan ortiq avtomobil chiqib ketdi
08:35
Xizmatlar bozorining qariyb 40 foizi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi
18:13 / 19.03.2026
Bayram kunlari qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
17:45 / 19.03.2026