O‘zbekiston | 08:35
466
2 daqiqa o‘qiladi

Xizmatlar bozorining qariyb 40 foizi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi

2026 yil yanvar oyida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 80,5 trln so‘mni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkichning qariyb 40 foizi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Foto: Getty images

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil yanvar oyida mamlakatda xizmatlar bozori hajmi 80,5 trln so‘mga yetgan.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etildi — 32,3 trln so‘m. Bu esa umumiy xizmatlar bozorining qariyb 40 foizini tashkil qiladi.

Shuningdek, Samarqand viloyatida 5,9 trln so‘m, Farg‘ona viloyatida 5,3 trln so‘m, Toshkent viloyatida 5,2 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.

Qolgan hududlarda ko‘rsatkichlar quyidagicha: Namangan viloyati — 4,1 trln so‘m, Andijon va Qashqadaryo viloyatlari — 3,9 trln so‘mdan, Buxoro viloyati — 3,1 trln so‘m, Xorazm viloyati — 2,7 trln so‘m, Surxondaryo viloyati — 2,6 trln so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2,5 trln so‘m, Navoiy viloyati — 1,9 trln so‘m, Jizzax viloyati — 1,7 trln so‘m hamda Sirdaryo viloyati — 1 trln so‘mni tashkil etgan.

Xizmatlar sohasidagi yuqori ulush poytaxtda iqtisodiy faollik, infratuzilmaning rivojlanganligi va aholi zichligi bilan izohlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid