Turizm | 13:44
555
1 daqiqa o‘qiladi

2 oyda O‘zbekistonga kelgan turistlar soni qariyb 1,8 mlnga yetdi

2026 yilning yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonga 156 ta mamlakatdan jami 1 mln 776 ming 336 nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda tashrif buyurdi.

Foto: Kun.uz 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 441 ming nafarga yoki 33 foizga oshgan.

Hisobot davrida mamlakatga eng ko‘p turist Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘istondan kelgan. Xususan, Qirg‘izistondan 521 ming 138 nafar, Tojikistondan 469 ming 60 nafar, Qozog‘istondan 386 ming 284 nafar sayyoh tashrif buyurgan.

Shuningdek, Rossiyadan 123 ming 310 nafar, Afg‘onistondan 83 ming 613 nafar, Turkmanistondan 51 ming 206 nafar, Xitoydan 49 ming 80 nafar, Turkiyadan 24 ming 212 nafar, Hindistondan 9 ming 438 nafar va Koreya Respublikasidan 5 ming 398 nafar turist O‘zbekistonga kelgan.

Mazkur raqamlar yil boshidan mamlakatda turizm sohasida ijobiy o‘sish sur’atlari saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid