Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda magistral issiqlik tarmoqlari sinovdan o‘tkaziladi
Toshkent shahrida 2026 yil 24 martdan 1 mayga qadar magistral issiqlik tarmoqlarini sinovdan o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda tarmoqlar yuqori bosim ostida mexanik mustahkamlik va zichlikka tekshiriladi.
Ma’lum qilinishicha, sinov ishlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad — xalqaro xavfsizlik standartlari asosida isitish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, mavjud nuqsonlarni aniqlash hamda qish mavsumida barqaror issiqlik ta’minotini ta’minlashdan iborat.
Shu munosabat bilan mutasaddilar haydovchilar, piyodalar hamda binolarda bo‘lgan shaxslardan ehtiyotkor bo‘lishni va xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishni so‘ramoqda.
Sinov ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Jumladan, 24 martdan 31 martga qadar bo‘lgan davrda sinovlar issiq suv ta’minotini qisqa muddatga o‘chirgan holda o‘tkaziladi. 1 apreldan 1 maygacha bo‘lgan davrda esa sinov ishlari issiq suv ta’minoti uzilmagan holda davom ettiriladi.
Mavzuga oid
08:25 / 06.06.2026
Toshkentda uyni ikki marta sotgan aka-ukaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
08:49 / 04.06.2026
Toshkentda 40 ta zamonaviy AYoQSh qurish rejalashtirilmoqda
08:38 / 26.05.2026
Toshkentda yangi pulli magistral yo‘l qurilishi mumkin
15:32 / 25.05.2026