O‘zbekiston | 09:16
1206
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda tibbiyot sohasida eng ko‘p korxona qaysi davlatlarga tegishli?

2026 yil 1 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida 140 ta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning asosiy qismi bir nechta davlat hissasiga to‘g‘ri keladi.

Foto: SSV

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, tibbiyot sohasida eng ko‘p xorijiy korxonalar Turkiyaga tegishli bo‘lib, ularning soni 27 taga yetgan.

Shuningdek, Xitoy (21 ta), Rossiya (18 ta) va Hindiston (17 ta) ham yetakchi davlatlar qatorida qayd etilgan.

Qozog‘istondagi investorlar tomonidan 11 ta, Ozarboyjon va Janubiy Koreya tomonidan 10 tadan korxona tashkil etilgan.

Qirg‘iziston (6 ta), Birlashgan Arab Amirliklari (4 ta) va Yaponiya (4 ta) ham ushbu sohada faol ishtirok etmoqda.

Qolgan 12 ta korxona esa boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ushbu ko‘rsatkichlar O‘zbekistonda tibbiyot sohasiga bo‘lgan xorijiy qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid