Turizm | 20:03 / 26.03.2026
3386
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda 150 mln dollarlik turistik majmua quriladi

Namangan viloyati Pop tumanida qiymati 150 mln dollar bo‘lgan Arashan Resort turistik majmuasi qurilishi boshlandi. Loyiha 600 gektar maydonda Yaponiyaning Nippon Global Education and Assessment kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Namangan viloyati Pop tumanida Arashan Resort yirik turistik majmuasi qurilishi boshlandi, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Umumiy qiymati 150 mln dollar bo‘lgan loyiha 600 gektar maydonda tashkil qilinadi. Majmua to‘liq ishga tushirilgandan so‘ng kunlik 2,5 ming nafar sayyohni qabul qilish, yillik 912 ming nafar turistga xizmat ko‘rsatish, 2 000 dan ortiq yangi ish o‘rnini yaratish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Bundan tashqari, majmua doirasida ekologik turizm zonalari, ekstremal va tog‘ turizmi infratuzilmalari, gastronomik turizm markazlari, sayohat va madaniy dam olish maskanlari, rekreatsion va sog‘lomlashtirish hududlari tashkil etiladi.

Shuningdek, tematik parklar, tog‘ chang‘isi komplekslari, ziplayn, restoran va kafelar, ochiq osmon ostidagi kinoteatr, ekobozor, bolalar maydonchalari, sport maydonlari hamda termal suv basseynlari barpo etilishi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, loyiha Yaponiyaning Nippon Global Education and Assessment kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid