Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OKMK: sun’iy intellekt - yuqori sifat, aniq nazorat va tejamkorlik kaliti
Bugun sun’iy intellekt barcha sohalarga jadallik bilan kirib bormoqda. Ayniqsa, sanoat korxonalarida sun’iy intellekt texnologiyalarining qo‘llanishi yuqori samaradorlikni ta’minlab, qator qulayliklar yaratmoqda. Xususan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham bu borada salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Kombinat mutaxassislari tomonidan yaratilgan EM AI (Lab), EM AI (Tyre) va EM AI (Oil) dasturlari hozirda texnologik jarayonlariga muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda.
Foto: OKMK
Mazkur yangi avlod intellektual tizimi transport texnika vositalariga xizmat ko‘rsatishda an’anaviy yondashuvdan bashoratli boshqaruv modeliga o‘tishni ta’minlaydi. Bugungi kunda bu dasturlar, texnikaning intellektual diagnostikasi, buzilishlarni bashoratli tahlil qilish va prognozlash, laboratoriya jarayonlarini raqamlashtirish, texnika va agregatlarning yagona ma’lumotlar bazasini yaratish, ma’lumotlar asosida resurslarni boshqarish (moylar, shinalar, uzellar) imkonini beradi.
Shuningdek, real vaqt rejimida onlayn monitoring, uskunalarning raqamli egizaklarini shakllantirish, texnikaning hayotiy siklini boshqarish, ehtiyot qismlar, uzellar va agregatlarni boshqarish imkoniyatlarini taqdim etadi.

Natijada shunday tizim shakllanmoqdaki, unda texnika to‘liq shaffof, boshqariladigan va bashorat qilinadigan bo‘ladi.
EM AI (Lab) tizimi – laboratoriya va operatsion ma’lumotlarni yagona raqamli muhitga birlashtiruvchi aqlli platforma hisoblanadi. Hozirgi vaqtda EM AI (Lab) tizimini faol joriy etish ishlari olib borilmoqda, u yakuniy bosqichda.
Tizim to‘liq foydalanish tarixiga ega bo‘lgan texnikaning raqamli pasportlarini shakllantirish, laboratoriya jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish, qog‘oz hujjat aylanishidan voz kechish, QR-kodlardan foydalangan holda namunalarni olish va hisobga olishni avtomatlashtirish, laboratoriya va foydalanish ma’lumotlarini integratsiyalashni ta’minlaydi.

Bundan tashqari, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda tizim, texnikalar eskirishining dastlabki belgilarini aniqlaydi. Ya’ni SI yordamida transport vositasi ish rejimi qayd etib boriladi. Texnikaning ehtiyot qismlari nosoz holatga kelishdan oldin xabar bera oladi. Bu muhandislik xizmatlari uchun tahliliy xulosalar va tavsiyalarni shakllantiradi. Natijada transport buzilishining oldi olinadi. Mazkur tizim yordamida 1 oy ichida 3 ta avtosamosvalning dvigatellari ishdan chiqishi oldi olindi. SI bergan tavsiyalardan kelib chiqib avtosamosvallar to‘xtatilib tekshirilganda haqiqatan ham buzilishlar aniqlandi. Natijada ma’lum bir ehtiyot qismlar almashtirildi va dvigatellar saqlab qolindi. Buning natijasida 12,6 mlrd so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishildi.
E’tiborli jihati shundaki, kombinat mutaxassislari ishlab chiqqan texnologiyalar turli sanoat korxonalarida ham joriy etilishi mumkin. Bu esa sezilarli iqtisodiy samarani ta’minlaydi va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning yangi standartini shakllantiradi.

Bu yerda gap faqat texnologiyalarni joriy etish haqida ketayotgani yo‘q. Aslida yangi sanoat modeli shakllanmoqda, unda boshqaruv ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi, xavflar oldindan bashorat qilinadi va samaradorlik boshqariladigan tizimga aylanadi.
Tizimni rivojlantirish uchun mutaxassislar quyidagi ixtisoslashtirilgan yechimlarni joriy etdi.
Jumladan, EM AI (Oil) dasturi — sarfni nazorat qilish, og‘ishlarni aniqlash va agregatlar holatini bashorat qilishni ta’minlaydigan moylar va moylash materiallarini intellektual boshqarish tizimi hisoblanadi. Tizim moy almashtirish oraliqlarini optimallashtirish, xarajatlarni kamaytirish va texnikaning xizmat muddatini uzaytirish imkonini beradi.Tizimda moylar hisobini yuritib, kirim-chiqim operatsiyalarini avtomatlashtirish hamda hisobotlarni shakllantirish imkonini ta’minlaydi. Bu esa resurslardan samarali foydalanish va moliyaviy nazoratni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, EM AI (Tyre) dasturi — shinalar holatini monitoring va tahlil qilish tizimi bo‘lib, real vaqtda parametrlarni nazorat qiladi, eskirishni bashorat qiladi va avariya xavfini kamaytiradi. Tizim shinalar hisobi va ehtiyojini rejalashtirishni ta’minlab, ombor qoldiqlarini yuritadi, sarfni kuzatadi va kelgusi talabni aniq hisoblash imkonini beradi.
Barcha yechimlar yagona raqamli ekotizimga birlashtirilgan va sinxron ishlaydi, bu esa tahlil aniqligi va boshqaruv qarorlari sifatini oshiradi.
Bu hali boshlanishi. Jamoa aniq strategik qarashga va katta rivojlanish salohiyatiga ega. Yechimlarni takomillashtirish, ishlab chiqarishga joriy etish va ularning funksional imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
Bu tizimlar OKMKning "Raqamli OKMK-2030" strategiyasi doirasida ishlab chiqarishni to‘liq raqamlashtirish yo‘lidagi muhim qadamlari hisoblanadi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
09:00 / 21.03.2026
Diniy majmualar ochilishi va 100 yilga yetadigan ma’danlar - hafta dayjesti
17:30 / 18.02.2026
“To‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzilmagan” – OKMK 200 mln dollarlik tenderlar haqida izoh berdi
19:24 / 17.02.2026
OKMKning 200 mln dollarlik tenderlari: g‘oliblar bir-biriga aloqadormi?
11:00 / 22.01.2026