Jahon | 22:42 / 28.03.2026
2581
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Dubaydagi “Ukraina ombori”ga zarba berganini ma’lum qildi

Tehron BAAdagi Ukraina dronga qarshi tizimlar ombori yo‘q qilingani, omborda 21 nafar ukrainalik mutaxassis bo‘lganini bildirdi. Kiyev bu xabarni rad etdi.

Foto: AP (arxiv foto)

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Dubaydagi Ukraina dronga qarshi tizimlar ombori yo‘q qilinganini e’lon qildi. Bu haqda IRIB xabar bermoqda.

«Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi aerokosmik va harbiy-dengizkuchlarining hamkorlikdagi operatsiyasi davomida Amerika armiyasiga yordam ko‘rsatish maqsadida Dubayda joylashgan Ukraina dronga qarshi tizimlar ombori yo‘q qilindi, u yerda 21 nafar ukrainalik bo‘lgan», — deyiladi xabarda.

Taxmin qilinishicha, ukrainalik mutaxassislar halok bo‘lgan.

Ukraina TIV bu bayonotni rad etdi.

«Bu yolg‘on», — dedi vazirlik vakili Georgiy Tixiy.

Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy dronlarga qarshi kurashish bo‘yicha 201 nafar ukrainalik mutaxassis Fors ko‘rfazi mamlakatlariga yuborilgani haqida aytgandi. 

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid