Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi direktori tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarori bilan, Dilshod Ismoilovich Quryozov O‘zbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi direktori etib tayinlandi.
Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi
Quryozov tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasining Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish masalalari departamenti rahbari o‘rinbosari – sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi 2025 yil avgust oyidagi prezident farmoni asosida tashkil etilgan.
Agentlikning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- telekommunikatsiya sohasidagi faoliyat va munosabatlarni tartibga solish;
- telekommunikatsiya sohasida yuridik shaxslar faoliyatiga litsenziya va ruxsat berish;
- telekommunikatsiya tarmoqlari va inshootlarini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qiluvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyalash;
- telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlarini, shuningdek tarmoqlararo ulanishlar tariflarini tartibga solish;
- telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish tizimini rivojlantirish;
- global axborot tarmog‘ining milliy segmenti manzil fazosidan foydalanish tartibini ishlab chiqish, domen nomlari tizimini belgilash;
- telekommunikatsiya uskunalarini markirovkalash;
- universal xizmatlar ro‘yxati va ularning sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
- operatorlar va provayderlar uchun teng shart-sharoitlar ta’minlashga ko‘maklashish;
- erkin raqobat asosida telekommunikatsiya xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga ko‘maklashish va boshqalar.
Mavzuga oid
20:21 / 20.03.2026
Hindiston kompaniyasi O‘zbekiston qishloq hududlarini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlashda hamkorlikni taklif etdi
09:40 / 18.03.2026
Fazliddin Salomov Ekopolitsiya boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
08:40 / 16.03.2026
Muzaffar Komilov Prezident administratsiyasida yangi lavozimga tayinlandi
08:41 / 12.03.2026