Jamiyat | 17:00
1971
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

OKMKning Angrenliklarga ajoyib tuhfasi

Joriy yil 29 mart kuni Angren shahridagi Mirzo Ulug‘bek mahallasida joylashgan, OKMK homiyligida zamonaviy qiyofaga keltirilgan “Yangi Angren” madaniyat va sport majmuasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: OKMK

Tadbirda bosh vazir o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sharof Ubaydullayev, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport vazirliklari mas’ullari, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, OKMK boshqaruv raisi, senator Abdulla Xursanov, mahalla aholisi, nuroniylar, turli millat vakillari, milliy-madaniy markazlar faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

 

Tadbirda mas’ullar tomonidan ramziy lenta qirqilib, “Yangi Angren” madaniyat va sport majmuasi rasman o‘z faoliyatini boshladi.

Mazkur majmua OKMK homiyligida kombinat bunyodkorlari tomonidan to‘liq ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

2025–2026 yillarda majmuada loyiha qiymati 31 milliard so‘mlik ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, zamonaviy qiyofaga keltirildi.

 

Majmua tarkibida 32x20 o‘lchamli sport zali, fitnes xonasi, sheyping zali kabi zamonaviy sport inshootlari joylashgan.

Binoning ikkinchi qavatida esa, tasviriy san’at, amaliy san’at, raqs, vokal, teatr, folklor va musiqa yo‘nalishlaridagi to‘garaklar faoliyati uchun barcha sharoitlar yaratilgan. E’tiborlisi, endilikda angrenlik yoshlar bu yerda sportning badiiy gimnastika, kurash, yengil atletika, voleybol, basketbol, fitnes, sheyping, mini futbol turlari bilan ham shug‘ullanishadi.

 

Binoning xonalari va yo‘laklari o‘ziga xos milliylik ruhida bezatilgan bo‘lib, har bir xonaga alohida e’tibor qaratilgan. Badiiy akademiya ijodkorlari tomonidan taniqli aktyorlar, yozuvchilarning portretlari tayyorlab berildi.

 

Kombinat quruvchilari tomonidan binoning tomi, kommunikatsiya tizimlari to‘liq yangilandi. Barcha zarur mebel jihozlari bilan ta’minlandi. Hududda obodonlashtirish va ko‘klamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, 2 dona shiyponcha o‘rnatilib, yo‘laklarga dekorativ beton qoplamasi yotqizildi. 

 

“Yangi Angren“ madaniyat va sport saroyining foydalanishga topshirilishi aholi, ayniqsa yoshlarning madaniyat va sport bilan muntazam shug‘ullanishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishi, milliy qadriyatlar va san’atni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

 

Tadbirda mamlakatimiz ijtimoiy sohasini qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun OKMK boshqaruv raisi Abdulla Xursanov O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni hamda sport vazirining “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

 

Zinnat Hayitqulova, Angren shahridagi Mirzo Ulug‘bek mahallasi fuqarosi: - Shunday ulug‘ ayyom kunlarida mahallamizda ajoyib madaniyat va sport majmuasi qad rostlagani barcha mahalla ahlini xursand qildi. Ushbu maskanda hudud yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan. Yaratilgan sharoitlar ko‘zni quvnatadi. Fursatdan foydalanib, mahalla ahli nomidan mana shunday ezgu amallarni boshidan tutgan davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

 

OKMK tomonidan angrenliklarga tuhfa etilgan mazkur zamonaviy majmua hudud aholisi uchun ma’naviyat, madaniyat va sportni birlashtirgan muhim maskan sifatida xizmat qilishi shubhasiz.

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid