Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtadi
30 mart kuni vodiy yo‘nalishida harakatlanuvchi bir qator yo‘lovchi poyezdlari qatnovi bekor qilindi. «O‘zbekiston temiryo‘llari» bu holatni Angren–Pop temiryo‘l uchastkasini modernizatsiya qilish ishlari bilan izohladi.
Foto: Kun.uz
«O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 30 mart kuni qator yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari qatnovi bekor qilingan.
Ular:
— 733-sonli «Andijon — Toshkent»;
— 730/729-sonli «Toshkent — Andijon — Toshkent»;
— 92-sonli «Toshkent — Andijon»;
— 94-sonli «Toshkent — Andijon».
Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlardagi poyezdlar harakati o‘zgartirilgan tartibda amalga oshirilmoqda. Xususan, 2026 yil 30 mart kunli 125/126-sonli «Andijon — Xiva» poyezdi Toshkent Janubiy bekatidan Xivagacha amaldagi jadval asosida harakatlanadi.
Shuningdek, 129/130-sonli «Andijon — Termiz» poyezdi ham Toshkent Janubiy bekatidan Termizgacha belgilangan jadval asosida qatnaydi.
Kun.uz'ga izoh bergan temiryo‘l sohasi mas’ulining bildirishicha, bu cheklovlar Angren–Pop temiryo‘l uchastkasini modernizatsiya qilish ishlari bilan bog‘liq.
Qayd etilishicha, tog‘li hududdan o‘tuvchi mazkur uchastkada olib borilayotgan ishlar kelgusida poyezdlar harakatini yanada tezlashtirishga xizmat qiladi.
Kompaniya yuzaga kelgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan. Shu bilan birga, xarid qilingan temiryo‘l chiptalari uchun to‘langan mablag‘lar yo‘lovchilarga to‘liq qaytarib berilishi ma’lum qilingan.
Mavzuga oid
00:04 / 24.05.2026
Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining rekonstruksiya qilingan bekati ish boshladi
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
15:35 / 16.05.2026
“Sayohatchi ko‘p, temiryo‘l esa bitta” – chipta yetishmovchiligiga qachon barham beriladi?
19:01 / 10.05.2026