Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda qalbaki dori tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi
3 kishi o‘z yashash xonadonida qalbaki va sifati kafolatlanmagan tibbiy dori vositalarini tayyorlash bilan shug‘ullangan.
Noqonuniy laboratoriyalardan 60 mingdan ortiq 122 turdagi dori vositalari topilgan. Ularning bir qismi yarim tayyor, yana bir qismi esa qayta ishlangan holatda bo‘lgan.
Andijonda aholi salomatligiga jiddiy xavf tug‘diruvchi sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy saqlanayotgani fosh qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
DXX Chegara qo‘shinlari va Bojxona organlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Andijon shahri hamda Asaka tumanida yashovchi 3 kishi o‘z uyida qalbaki va sifati kafolatlanmagan tibbiy dori vositalarini tayyorlash bilan shug‘ullanib kelgani aniqlangan.
Tekshiruvlar davomida xonadonlarda maxsus jihozlangan noqonuniy laboratoriyalar borligi ma’lum bo‘lgan. Ulardan 1,1 mlrd so‘mlik, jami 122 turdagi 60 mingdan ortiq tibbiy dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur mahsulotlar Qirg‘izistondan noqonuniy ravishda olib kirilgan. Ularning bir qismi yarim tayyor, yana bir qismi esa qayta ishlangan holatda bo‘lgan.
Qayd etilishicha, hozirda aniqlangan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkent shahrida qiymati qariyb 800 mln so‘mga teng bo‘lgan noqonuniy dori vositalari aniqlangandi.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026