Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA odamlarni Oyga yuborish sanasini e’lon qildi
Orion kemasi to‘rt kishidan iborat ekipaj bilan 1 aprel kuni Oyga yo‘l oladi. Ular Yer tabiiy yo‘ldoshini aylanib o‘tadi va ortga qaytadi. Startgacha teskari sanoq allaqachon boshlandi.
Foto: NASA
NASA Artemis-II missiyasi 1 apreldan start olishini e’lon qildi. Ertagayoq Orion kemasi to‘rt kishidan iborat ekipaj bilan Oyga yo‘l oladi, uni aylanib, so‘ng Yerga qaytadi. Kosmik agentlik YouTube kanalida tarixiy voqeani jonli efirda namoyish etishni rejalashtirmoqda.
Parvoz Space Launch System gigant raketa-tashuvchisida amalga oshiriladi. Sinoptiklarning prognozlariga ko‘ra, qulay ob-havo ehtimoli 80 foizga yetadi, shuning uchun mutaxassislar optimistik kayfiyatda. Parvozning zaxira sanasi - 2 aprel.
Ekipaj tarkibiga uch nafar NASA astronavti - Rid Uayzman, Viktor Glover va Kristina Kox, shuningdek, Kanada kosmik agentligidan Jyeremi Xansen kirdi. Agar start o‘z vaqtida amalga oshirilsa, 6 aprel kuni kema Oyga yaqinlashadi va uning orqa tomonida taxminan 6,6 ming kilometr masofani bosib o‘tadi. Ular 10 aprel kuni Yerga qaytadi.
Missiya 9 kun va bir soat davom etadi, umumiy masofa esa taxminan 1,1 mln kilometrni tashkil etadi.
Tabiiy yo‘ldosh yonidan uchib o‘tish paytida astronavtlar uning ba’zi hududlarini yaqindan ko‘rgan birinchi odamlar bo‘ladi. Kunning katta qismini ekipaj suratga olish, videoga olish va kuzatuvlarni qayd etishga bag‘ishlaydi.
Ushbu missiya 2028 yilda odamlarni Oyga qo‘ndirish uchun tayyorgarlik bosqichi bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:15 / 24.03.2026
Olimlar Oyda ulkan energiya kamarini qurmoqchi – bu insoniyatni energiya bilan ta’minlaydi
07:43 / 13.03.2026
14 yil orbitada bo‘lgan NASA sun’iy yo‘ldoshi Yerga qaytmoqda
22:57 / 08.03.2026
Ilk bor sun’iy oy tuprog‘ida no‘xat yetishtirildi
07:35 / 02.03.2026