Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talaba qizlarga harbiy tayyorgarlikdan o‘tish huquqi kafolatlanishi mumkin
Senatda “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunning oliy ta’lim muassasalarida ijro etilishi holati o‘rganildi.
Foto: Mudofaa vazirligi
31 mart kuni kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunning rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlashga oid qismi Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida ijro etilishi holatini o‘rganish natijalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, olib borilgan o‘rganishlar, aholi bilan muloqotlar, qonunchilik hujjatlarining ijro etilishi holati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining tahlili sohada ayrim muammo va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatgan. Xususan, harbiy tayyorgarlikdan o‘tish istagida bo‘lgan xotin-qizlar soni ko‘payib borayotgan bir sharoitda ularning bu boradagi huquqlarini kafolatlovchi asoslar yetarli emas.
Jumladan, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunning 16-moddasida oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limida o‘qiyotgan faqat erkak talabalari harbiy tayyorgarlikdan o‘tishi belgilangan.
Senatorlar bu kabi muammolarni hal etish maqsadida amaldagi qonun hujjatlarini chuqur tahlillar asosida o‘rganib, takomillashtirish masalasini ko‘rib chiqish yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Shuningdek, majlisda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ham dastlabki tarzda muhokama qilindi.
Muhokama yakunida Qo‘mitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.
Ma’lumot o‘rnida, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunning 16-moddasida oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limida o‘qiyotgan erkak talabalari, shuningdek tibbiy oliy ta’lim muassasalarining talabalari jinsidan qat’iy nazar harbiy tayyorgarlikdan o‘tishi belgilangan.
Mavzuga oid
15:06 / 13.03.2026
Navoiyda o‘quvchi 16 yoshida talabalikni naqd qildi
12:27 / 12.03.2026
Toshkentda ijara haqi sabab talabalar va ijarachi o‘rtasida janjal yuz berdi
19:30 / 27.02.2026
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi
19:25 / 24.02.2026