Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha yangi vazifalarni belgiladi
O‘zbekistonda ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan ishlar yangi bosqichga chiqmoqda. Davlat rahbari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bu boradagi ustuvor vazifalarni belgiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etar ekan, mamlakatda so‘nggi yillarda ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Qayd etilishicha, besh yil davomida har yili o‘rtacha 200 million tup ko‘chat ekilib kelinmoqda.
O‘tgan davrda respublika bo‘ylab 2 ming gektardan ziyod maydonda yuzlab yashil bog‘ va jamoat parklari barpo etildi, shuningdek, yuz minglab gektar yerlarda o‘rmonzorlar tashkil qilindi. Orolning qurigan tubida ham keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Yangi belgilangan vazifalarga ko‘ra, 2030 yilga qadar mamlakatda umumiy yashillik darajasini 30 foizga, jon boshiga to‘g‘ri keladigan yashil hududlarni esa 10 kvadrat metrga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu maqsadlarga erishish uchun qator hududlarda yirik ko‘kalamzorlashtirish loyihalari amalga oshiriladi.
Jumladan, Surxondaryo viloyatida 10 ming gektar maydonda “yashil makon” barpo etish, Sirdaryoda “yashil devor” yaratish, Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Buxoro va Xorazm viloyatlarida katta maydonlarda yangi o‘rmonzorlar tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, hududlarda botanika va dendrologiya bog‘larini tashkil etish, aholining bu jarayondagi ishtirokini kengaytirish hamda yosh mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan “yashil” texnikumlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish vazifalari belgilandi.
Davlat rahbari ta’kidlaganidek, har bir ekilgan ko‘chat nafaqat tabiatni muhofaza qilish, balki kelajak avlodlar uchun sog‘lom muhit yaratishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
20:24 / 08.05.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi
17:37 / 08.05.2026
Prezident Xotira kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etdi, faxriylar holidan xabar oldi
18:21 / 07.05.2026
Prezident jamoat transportini aglomeratsiya tizimi asosida rivojlantirishni buyurdi
17:56 / 07.05.2026